Befarq Onalar - onalar va ayollar uchun ko‘mak va yangi bilimlarga boy podkast. Maftuna Burkhanova asosan shifokorlar va tajribali mutaxassislar bilan suhbatlashadi.
Yangi mavsum — «Tug‘sang, o‘tib ketMAydi» ayollarning reproduktiv salomatligiga bag‘ishlangan. Mavsum davomida shifokorlar bilan birgalikda ayollar salomatligi, reproduktiv tizim va bu mavzudagi keng tarqalgan afsonalar haqida ochiq va tushunarli suhbatlashamiz.
Podkastdagi ma’lumotlar faqat axborot berish maqsadida taqdim etiladi va shifokor konsultatsiyasining o‘rnini bosmaydi.
Instagram: @befaqr_onalar (https://www.instagram.com/befarq_onalar/)
Hamkor bo’lish uchun: qizlar@qizlar.co
Mavsum O‘zbekistondagi Shveytsariya elchixonasi ko‘magida amalga oshirilmoqda.
Qo’llab quvvatlayotgan: Qizlar Collective (https://www.instagram.com/qizlarqizlarqizlar/)
Ijodkor dizayner: Sofiya Seytkhalil (https://www.instagram.com/kichikrassom/)
Publisher
Qizlar Collective
Category
health & fitness · kids & family · society & culture
Navbatdagi sonimiz mehmoni — onkomammolog Abdusattarova Oqila Mansurovna
Suhbatimiz davomida quyidagi mavzularni ko‘rib chiqdik:
— Ko‘krak bezida uchraydigan eng keng tarqalgan kasalliklar va ularning belgilari.
— Ko‘krakda paydo bo‘ladigan tugun, og‘riq va boshqa o‘zgarishlar qachon xavotirga sabab bo‘lishi kerak?
— Ko‘krak bezi saratonining dastlabki belgilari qanday?
— Ko‘krak bezi saratoni rivojlanishiga qanday omillar ta’sir qiladi?
— Yosh ayollarda ham ko‘krak bezi saratoni uchrashi mumkinmi?
— Mammografiya, UTT va MRT tekshiruvlarining farqi nimada va qaysi holatda qaysi biri tavsiya etiladi?
— Ko‘krak bezini o‘z-o‘zini tekshirish qanchalik muhim?
— Ko‘krak bezi saratonining oldini olish va erta aniqlash imkoniyatlari qanday?
— Tashxis qo‘yilgan taqdirda davolashning qanday zamonaviy usullari mavjud?
Ushbu suhbat orqali ayollarni ko‘krak bezi salomatligiga befarq bo‘lmaslikka, tanasidagi o‘zgarishlarni e’tiborsiz qoldirmaslikka va muntazam profilaktik tekshiruvlardan o‘tishga undamoqchimiz.
Chunki ko‘krak bezi saratonida erta tashxis — davolash samaradorligini oshirishdagi eng muhim omillardan biridir.
Muallif va boshlovchi: Maftuna Burxanova
Prodyuser: Tatyana Kim
Rassom: Sofiya Seytkhalil
Musiqa: Amaliya Aybusheva, Azizbek Usmonov
Tashkent Film School jamoasiga, yozish uchun joy va jihozlarni taqdim etgani uchun alohida rahmat.
Mazkur mavsum O‘zbekistondagi Shveytsariya Elchixonasi ko‘magida amalga oshirilmoqda.
30 Oct 2026
Ayollarni tez-tez bezovta qiluvchi kasalliklar
Yangi sonimiz mehmoni — ginekolog Sarvinoz G’ayratovna. Biz ushbu sonda ayollarni tez-tez bezovta qiladigan kasalliklar va ko‘pincha «женские kasalliklari» deb ataladigan muammolar haqida suhbatlashdik.
Suhbatimiz davomida quyidagi mavzularni ko‘rib chiqdik:
Ayollarda tez-tez uchraydigan kasalliklar va ularning asosiy belgilari.
Jinsiy a’zolarda kuzatiladigan achishish va qichishishlar nimadan darak berishi mumkin?
Qanday belgilar paydo bo‘lganda shifokorga murojaat qilish kerak?
Nega o‘z-o‘zini davolash bilan cheklanib bo‘lmaydi va noto‘g‘ri davolanish qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin?
Nima uchun ginekologlar turli tahlillarni tavsiya qilishadi va ularning qanday turlari mavjud?
Vaginizm nima?
Jinsiy a’zolar terisida uchraydigan kasalliklar, ularning sabablari va davolash usullari.
Ushbu suhbat orqali ayollar o‘z salomatligiga befarq bo‘lmasligi, noqulay deb hisoblangan alomatlarni yashirmasligi va shifokorga murojaat qilishni kechiktirmasligi muhimligini yana bir bor ta’kidlamoqchi bo‘ldik.
Muallif va boshlovchi: Maftuna Burxanova
Prodyuser: Tatyana Kim
Rassom: Sofiya Seytkhalil
Musiqa: Amaliya Aybusheva, Azizbek Usmonov
Yozish uchun joy va jihozlarni taqdim etgani uchun Goethe-Institut Tashkent jamoasiga alohida rahmat
Mazkur mavsum O‘zbekistondagi Shveytsariya Elchixonasi ko‘magida amalga oshirilmoqda.
23 Oct 2026
Umumiy onkologiya
Bugungi sonimiz mehmoni onkolog Sultan Shirin Azimjonovna. Biz quyidagi mavzularda suhbat olib bordik
Onkologiya so‘zidan qo‘rqmaslik va bu tashxisni hukm sifatida qabul qilmaslik.
Kasallikni o‘z vaqtida aniqlash, to‘g‘ri tashxis qo‘yish va davolanishni kechiktirmaslik.
Kasallik erta bosqichda aniqlansa, uni davolash imkoniyatlari va tuzalish ehtimoli yuqoriroq bo‘lishi.
Onkologik kasalliklarning qanday turlari mavjudligi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda onkologiya sohasi qay darajada rivojlangani, qanday zamonaviy davolash usullari qo‘llanayotgani va bemorlarni davolash imkoniyatlari haqida.
Shu mavzularni yana bir bor yoritib, odamlarga onkologiyadan qo‘rqmaslik, o‘z salomatligiga befarq bo‘lmaslik va muntazam tekshiruvlardan o‘tish muhimligini yetkazmoqchi bo’ldik
Muallif va boshlovchi: Maftuna Burxanova
Prodyuser: Tatyana Kim
Rassom: Sofiya Seytkhalil
Musiqa: Amaliya Aybusheva, Azizbek Usmonov
Tashkent Film School jamoasiga, yozish uchun joy va jihozlarni taqdim etgani uchun alohida rahmat.
Mazkur mavsum O‘zbekistondagi Shveytsariya Elchixonasi ko‘magida amalga oshirilmoqda.
Contact Befarq Onalar
Guest appearances
Books guests
Based on episode analysis; this does not confirm that the show is currently accepting guests.
Host of Befarq Onalar?
Claim your podcast to manage its listing and keep your show details accurate.
Pod Engine is an independent podcast discovery and analytics service and is not affiliated with or endorsed by this podcast. Artwork and show content belong to their owners. Full legal notice.
Explore this show Podcast research with Pod Engine